Narxlar
Paketlar va narxlar
Ikki yo'nalish: veb va mobil ilova. Faqat skanerlashni yoki skanerlash bilan birga kamchiliklarni bartaraf etishni tanlaysiz. Bartaraf etish narxi topilmalar hajmiga bog'liq va ko'rsatilgan chegaradan oshmaydi.
Veb-sayt va platforma
Veb skanerlash
Veb-sayt, portal yoki API
5 mln so'm
qat'iy narx
- Avtomatik va AI-skan
- Mutaxassisning qo'lda tekshiruvi
- OWASP Top 10, server va sarlavhalar sozlamalari
- Hisobot: xavf darajasi va tuzatish yo'riqnomasi
Veb skanerlash + bartaraf etish
Ko'p tanlanadiTopilgan kamchiliklarni o'zimiz yopamiz
50 mln so'mgacha
topilmalar hajmiga qarab
- Veb skanerlashdagi hamma narsa
- Tuzatishlarni biz qilamiz (patch/PR)
- Server va portlarni qattiqlashtirish
- Qayta skan — hammasi yopilguncha
- Ekspertizaga tayyorlik hisoboti
Mobil ilova
Ilova skanerlash
Android (APK) yoki iOS (IPA) ilova
2 mln so'm
qat'iy narx
- MASVS bo'yicha statik va dinamik tahlil
- Root/jailbreak, SSL pinning, obfuskatsiya
- Maxfiy ma'lumotlarni saqlash va trafik
- Hisobot: xavf darajasi va tuzatish yo'riqnomasi
Ilova skanerlash + bartaraf etish
Ko'p tanlanadiTopilgan kamchiliklarni o'zimiz yopamiz
15 mln so'mgacha
topilmalar hajmiga qarab
- Ilova skanerlashdagi hamma narsa
- Tuzatishlarni biz qilamiz
- RASP: root, emulyator va Frida'ga qarshi himoya
- Qayta skan — hammasi yopilguncha
- APK/IPA nazorat qiymatlari va tayyorlik hisoboti
Har bir paketda NDA va faqat o'qish huquqi. Sertifikat bermaymiz — ekspertizaga tayyorlaymiz.
Savollar
Ko'p beriladigan savollar
Sertifikat berasizmi?
Yo'q. Sertifikat va xulosani faqat vakolatli ekspertiza tashkiloti beradi. Biz mahsulotingizni shu tekshiruvga tayyorlaymiz: zaifliklarni topamiz, yopamiz va qayta tekshiramiz.
Kodimiz xavfsizmi?
NDA imzolaymiz va faqat o'qish huquqi bilan ishlaymiz. Kirish ish tugashi bilan yopiladi, ma'lumotlar loyihadan tashqariga chiqmaydi.
Qancha vaqt oladi?
Mahsulot hajmiga bog'liq. Ariza bo'yicha aniq muddatni aytamiz va uni ekspertiza sanangizga moslab rejalashtiramiz.
Agar baribir tekshiruvdan o'tmasa-chi?
Ekspertiza xulosasini birga ko'rib chiqamiz, qolgan topilmalarni yopamiz va qayta topshirishga tayyorlaymiz. 100% kafolat bermaymiz, lekin oxirigacha birga bo'lamiz.
AI kodimizni o'zgartirib yuboradimi?
Yo'q. AI agent tahlilni tezlashtiradi, xolos. Har bir topilmani va har bir tuzatishni mutaxassis tekshiradi va tasdiqlaydi.
Mobil ilovani manba kodisiz tekshirasizmi?
Ha, APK va IPA fayllari bo'yicha ham tekshiramiz. Lekin tuzatishni tezroq qilish uchun manba kodga kirish foydali bo'ladi.