Qanday ma'lumot yig'amiz
Ariza va aloqa formalarida siz kiritgan ma'lumotlar: ism, kompaniya, telefon, email, mahsulot havolasi va izoh. Chatda yozgan xabarlaringiz. Xavfsizlik uchun IP manzil va brauzer turi.
Nima uchun ishlatamiz
Faqat siz bilan bog'lanish, so'rovingizga javob berish va xizmat ko'rsatish uchun. Reklama yoki uchinchi shaxslarga sotish uchun ishlatmaymiz.
Chat va AI
Saytdagi chatda AI yordamchi javob beradi, kerak bo'lsa suhbatga mutaxassis qo'shiladi. Chatga parol, karta raqami yoki pasport ma'lumotlarini yozmang.
Mijoz kodi va ma'lumotlari
Tekshiruv NDA asosida va faqat o'qish huquqi bilan o'tkaziladi. Ish tugagach kirish huquqlari yopiladi, vaqtinchalik nusxalar o'chiriladi.
Saqlash va himoya
Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda, shifrlangan ulanish orqali saqlanadi. Saytda kuzatuv (tracking) skriptlari va tashqi CDN ishlatilmaydi.
Huquqlaringiz
Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin — aloqa sahifasidagi kontaktlar orqali yozing.