Case'lar
Avval o'zimizni tekshirdik
Mijozlar nomini faqat ruxsat bilan chiqaramiz. Hozircha — o'z mahsulotimiz: soliq-moliya SaaS platformasi, veb va mobil ilova.
O'z mahsulotimiz
Soliq-moliya SaaS platformasi
Veb-platforma + Android + iOS ilova
- Topilgan zaifliklar
- 15
- Yopilgan
- 15
Veb-sayt ekspertizasi
6 ta topilma
- To'lov tasdiqlanmasdan "muvaffaqiyatli" sahifasi ko'rsatilardi
- Host header injection (X-Forwarded-Host ishonchli deb qabul qilinardi)
- Ma'lumot ochiqlanishi: brauzerga to'liq marshrutlar ro'yxati berilardi
- Javoblarda ortiqcha ma'lumot
- Holat tekshiruvisiz bajariladigan amallar (biznes-mantiq)
- Internetdan ochiq turgan FTP va panel portlari
Mobil ilova ekspertizasi
9 ta topilma: Android 7, iOS 2
- Root va jailbreak tekshiruvi joriy etilmagan · Android · iOSYuqori
- Maxfiy ma'lumotlar shifrlanmagan holda saqlangan · AndroidYuqori
- Ilova yaxlitligini tekshirish mexanizmi yo'q · AndroidYuqori
- Xavfsiz bo'lmagan sertifikat tekshiruvi · AndroidYuqori
- Dinamik tahlil vositalaridan himoya yo'q (Android va iOS) · Android · iOSYuqori
- Emulyator tekshiruvi yo'q · AndroidO'rta
- Xavfsiz bo'lmagan (http) havolalar · AndroidPast
Nima qildik
- RASP: root, jailbreak, emulyator, hook, debugger va o'zgartirilgan build aniqlanadi — ilova xavfli muhitda bloklanadi.
- Sertifikat pinning: faqat aniq ildiz sertifikatlariga ishonch (Dart va Android tomonida).
- Maxfiy ma'lumotlar Keystore/Keychain'ga, zaxira nusxa olish taqiqlandi, cleartext trafik o'chirildi.
- R8 va Dart obfuskatsiyasi, server manzillari ochiq satr ko'rinishida saqlanmaydi.
- Vebda: to'lov holati faqat provayder tasdig'idan keyin, proxy headerlari cheklandi, marshrutlar yashirildi, portlar yopildi.
Natija
Barcha 15 ta topilma yopildi, qayta tekshirildi va ekspertizaga qayta topshirildi.
Keyingi case — sizniki
Loyihangizni birinchi bo'lib ko'rsatishga ruxsat bersangiz, shu yerda turadi.
Ekspertizaga yuborishdan oldin bizga ko'rsating
Ariza qoldiring: mahsulotingizni skanerlaymiz, qayerda xavf borligini va uni yopish uchun nima kerakligini aniq ko'rsatamiz.
Skanerlashga ariza