Asosiy matnga o'tish

Jarayon

Tekshir, top, yop, muhrla

Logomizdagi to'rt harakat — ishimizning o'zi. Har bir bosqichda nima bo'lishini va sizdan nima kerakligini oldindan bilasiz.

  1. 01 / 05

    Ariza va NDA

    Sizdan kerak
    Mahsulot havolasi yoki fayllari, ekspertiza muddati, mas'ul shaxs.
    Biz qilamiz
    Talablarni aniqlaymiz, NDA tayyorlaymiz, kirish huquqlarini kelishamiz.
    Natija
    Imzolangan NDA va tekshiruv rejasi.
  2. 02 / 05

    Avtomatik va AI-skan

    Sizdan kerak
    Repozitoriy, server yoki APK/IPA'ga faqat o'qish huquqi.
    Biz qilamiz
    Claude AI agenti kod, konfiguratsiya, dependencies, headerlar va serverni ko'rib chiqadi; avtomatik skanerlar ishga tushadi.
    Natija
    Dastlabki topilmalar ro'yxati.
  3. 03 / 05

    Qo'lda tekshiruv

    Sizdan kerak
    Test akkauntlar (har bir rol uchun).
    Biz qilamiz
    Mutaxassis biznes-mantiq, avtorizatsiya, IDOR va fayl yuklashni qo'lda tekshiradi, AI topilmalarini tasdiqlaydi yoki rad etadi.
    Natija
    Tasdiqlangan topilmalar: dalil va xavflilik darajasi bilan.
  4. 04 / 05

    Tuzatish

    Sizdan kerak
    Tuzatishlarni ko'rib chiqish yoki o'zingiz qo'llash.
    Biz qilamiz
    Patch yoki PR tayyorlaymiz; kerak bo'lsa jamoangizga aniq yo'riqnoma yozamiz.
    Natija
    Yopilgan zaifliklar.
  5. 05 / 05

    Qayta skan va hisobot

    Sizdan kerak
    Yangi build yoki deploy.
    Biz qilamiz
    Hammasini qayta tekshiramiz, APK/IPA nazorat qiymatlarini tayyorlaymiz.
    Natija
    Tayyorlik hisoboti — ekspertizaga topshirishga tayyor.

Tayanadigan standartlar

Rasmiy ekspertiza ham shu standartlarga tayanadi. Shuning uchun biz bir tilda gaplashamiz.

  • OWASP Top 102021
  • OWASP ASVSWeb
  • OWASP MASVSMobile
  • OWASP MASTGMobile
  • MASWEMobile
  • OWASP Mobile Top 102024
  • CWEWeakness

Ekspertizaga yuborishdan oldin bizga ko'rsating

Ariza qoldiring: mahsulotingizni skanerlaymiz, qayerda xavf borligini va uni yopish uchun nima kerakligini aniq ko'rsatamiz.

Skanerlashga ariza